G‘azo sektoridagi urushdan keyin Isroil armiyasi harbiy xizmatchilari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari keskin darajada ortdi.
Isroilning Haaretz gazetasi yozishicha, joriy yil boshidan buyon kamida 10 nafar harbiy xizmatchi (shunday olti nafari aprel oyida) o‘z joniga qasd qilgan. Urushga zaxiradan jalb etilgan uch nafar sobiq askar ham aprel oyida ixtiyoriy ravishda hayot bilan vidolashgan. Aprel oyida yana ikki nafar chegaraga jalb etilgan polisiya xodimi o‘z joniga qasd etgan.
2023 yil oktyabr oyiga qadar, ya’ni G‘azo urushi boshlanguncha Isroil armiyasi harbiylari orasida har yili o‘rtacha 12 ta o‘z joniga qasd qilish holati kuzatilgan. Bu ko‘rsatkich yil sayin oshmoqda: 2023 yilda – 17 ta, 2024 – 21 ta, 2025 yilda – 22 ta.
Joriy o‘sish ko‘rsatkichi so‘nggi 15 yildagi eng yuqori raqam ekani aytilmoqda.
Suisidlar soni oshib borayotgani G‘azo urushi oqibatlari, harbiy xizmatchilarning ruhiy yuki va mudofaa vazirligi tomonidan harbiylarga psixologik ko‘mak qisqargani bilan izohlangan.
Avvalroq The Times of Israel gazetasi ham G‘azo urushi boshlanganidan keyin yahudiy davlati askarlari orasida o‘z joniga qasd qilish “epidemiya”si kuchaygani haqida xabar bergandi.