Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Javohir Sindarov yil oxirida jahon chempionligi uchun kurash olib boradi

Javohir Sindarov yil oxirida jahon chempionligi uchun kurash olib boradi

Javohir Sindarov yil oxirida jahon chempionligi uchun kurashadi.

FIDE 2026 yilda jahon chempioni unvoni uchun bo‘lib o‘tadigan o‘yin sanalarini rasman e’lon qildi. O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov 23 noyabrdan 17 dekabrga qadar amaldagi chempion Gukesh Dommaraju (Hindiston) bilan bahs olib boradi.

Musobaqa o‘tkaziladigan shahar hozircha aniqlanmagan. FIDE arizalarni 31 maygacha qabul qiladi.

Bu shaxmat tarixidagi eng “yosh” final bo‘ladi. Uchrashuv boshlanishida har ikki grossmeyster atigi 20 yoshda bo‘ladi.

Sport tadbirining umumiy byudjeti 8,5 mln dollarga baholanmoqda, minimal mukofot jamg‘armasi esa 2,5 mln dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!