Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning yana bir aviatashuvchi kemasi Eronga yaqinlashmoqda

AQShning yana bir aviatashuvchi kemasi Eronga yaqinlashmoqda

USS George H.W. Bush aviatashuvchisi Hind okeaniga yetib keldi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

USS George H.W. Bush bortida minglab harbiy xizmatchilar va o‘nlab zamonaviy qiruvchi samolyotlar bor. The Washington Post ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kema va uni kuzatib borayotgan zarba guruhi Qo‘shma Shtatlarning Eron yaqinidagi harbiy kuchlarini sezilarli darajada oshiradi.

Ayni paytda AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchisi boshchiligidagi zarba guruhi O‘mon ko‘rfazida, Eron sohillaridan taxminan 200 km janubda joylashgan. Shuningdek, USS Gerald R. Ford aviatashuvchisi ikki esmines hamrohligida Qizil dengiz hududi bo‘lib turibdi.

USS George H.W. Bush - bu Yaqin Sharqqa yetib kelgan AQShning uchinchi aviatashuvchisidir.

Kiritildi: 13:42 25.04.2026. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!