Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Rossiyaga tashrifi davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
Eron ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jaloliy ma’lum qildi.
"Tashrif dushanba kuni bo‘lib o‘tadi va Arag‘chi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi", dedi u.
Xabarga ko‘ra, Moskvaga tashrifi davomida Eron tashqi ishlar vaziri Rossiya rasmiylari bilan Eron va Amerika delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning hozirgi holati bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Arag‘chi avval Pokistonga tashrif buyurgan va keyin Ummonga borgan. Ushbu safardan so‘ng vazir Islomobodga qaytib keldi.