Sog‘liqni saqlash vazirligi avtomobilda xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan holatlar va kasalliklar ro‘yxati loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
📋 Ro‘yxatga jami 17 ta holat kiritilgan, jumladan:
➖ qovurg‘a, yelka yoki umrov suyaklari sinishi;
➖ surunkali yurak yoki o‘pka kasalliklarining og‘ir bosqichlari;
➖ bronxial astma (IV bosqich);
40 dan yuqori BMI bilan semizlik;
➖ past bo‘ylik (150 sm dan past);
➖ ko‘krak sohasidagi og‘ir teriviy kasalliklar yoki protezlar;
➖ yaqinda o‘tkazilgan ko‘krak yoki qorin operasiyalari;
homiladorlik holati.
Bunday holatda fuqarolarga elektron tibbiy ma’lumotnoma (QR-kodli) beriladi, uning amal qilish muddati — 6 oy.
Hujjat hali kuchga kirmagan.