“Kelajak merosi” xalqaro mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–330-son, 03.11.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etiladi.
✔️ Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazib boriladi:
▪️ adabiyot;
▪️ madaniy meros;
▪️ teatr va kino;
▪️ musiqa va raqs;
▪️ tasviriy va amaliy san’at;
▪️ moda va dizayn;
▪️ ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar.
💸 Xalqaro mukofotning har bir yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdoridagi 1 martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
❇️ G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.