Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

BAA Sudandagi xatoni tan oldi

BAA Sudandagi xatoni tan oldi

BAA prezidentining maslahatchisi Anvar Gargash Sudandagi harbiy to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlab, «jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishganini» tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki sudanlik general rasmiy hukumatni ag‘darganida hamma noto‘g‘ri qaror qabul qilgan: «Orqaga nazar solsak, bu katta xato bo‘lgan. Biz o‘sha paytda o‘z pozisiyamizni qat’iyroq turib himoya qilishimiz kerak edi», — dedi Gargash.

Bu bayonot Darfurdagi zo‘ravonliklar va BAA qo‘llab-quvvatlayotgan tezkor kuchlar (RSF)ning harakatlari fonida yangradi. Xalqaro hamjamiyat esa Abu-Dabining Sudan mojarosidagi roli ustidan tanqidni kuchaytirmoqda. BAA Sudandagi generallarga yordam berib, bir nechta hududlarda Rasmiy hukumat nazoratini yiqitgan edi. Bugun esa o‘sha hududlarda yana bir genosid o‘chog‘i paydo bo‘lgan.

Kiritildi: 20:45 03.11.2025. O'qildi: 2088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!