Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Chorvachilik yanada rivojlantiriladi

Chorvachilik yanada rivojlantiriladi

✅ Qarorga ko‘ra, chorvachilik xo‘jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo‘y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibining amal qilish muddati 2030 yil 31 dekabrgacha uzaytiriladi.

💰 Nasldor 1 kunlik jo‘jalar importi uchun belgilangan subsidiya 2026 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrgacha faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan go‘sht yo‘nalishida ushbu nasldor bir kunlik jo‘jalar xarid qilinganda ajratiladi.

📝 2026 yil 1 yanvardan 2027 yil yakuniga qadar tirik yirik shoxli qoramol (TIF TN bo‘yicha kodi 0102) va tirik qo‘y va echkilarni (TIF TN bo‘yicha kodi 0104) import qilishda:

🔸 hisoblangan QQSni 180 kungacha kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi;

🔸 to‘langan QQSning o‘rnini qoplash (qaytarib berish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

⏳ 2026 yil 1 yanvardan:

➖ veterinariya ruxsatnomasi va sertifikati 2 baravar qisqartirilgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

➖ chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun elektron onlayn auksion savdolari orqali yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini sotib olish to‘lovlarini 5 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Kiritildi: 19:48 03.11.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!