Yaponiya bosh vaziri Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashmoqchi — Kyodo.
Agentlik manbalariga ko‘ra, bu uchrashuvda 1970–80 yillarda KXDR tomonidan o‘g‘irlab ketilgan yapon fuqarolari masalasini hal etish rejalashtirilgan.
"Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaiti mazkur masala yuzasidan o‘z vakolat muddati davomida Kim Chen In bilan kelishuvga erishishga tayyorligini bildirdi", deya yozmoqda Kyodo.