Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijon viloyatida 535,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Andijon viloyatida 535,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi N. B.ga tegishli oshxonada elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 535,8 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 18:31 03.11.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!