Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 2,6 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga o‘sgan.
🇺🇿 Hududlar kesimida yetishtirilgan meva va rezavorlar hajmi:
Andijon viloyati – 496 256 tonna
Farg‘ona viloyati – 380 544 tonna
Samarqand viloyati – 344 952 tonna
Buxoro viloyati – 266 674 tonna
Namangan viloyati – 244 079 tonna
Qashqadaryo viloyati – 173 349 tonna
Surxondaryo viloyati – 151 808 tonna
Xorazm viloyati – 143 174 tonna
Toshkent viloyati – 101 747 tonna
Navoiy viloyati – 95 191 tonna
Jizzax viloyati – 73 621 tonna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 47 086 tonna
Sirdaryo viloyati – 39 162 tonna
Toshkent shahri – 949 tonna