Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Luvrdagi o‘g‘irlik: besh nafar gumonlanuvchi hibsga olindi

Luvrdagi o‘g‘irlik: besh nafar gumonlanuvchi hibsga olindi

Fransiya polisiyasi kecha Luvrni talon-toroj qilish ishi bo‘yicha bir emas, besh nafar gumonlanuvchini hibsga olgan. Bu haqda RTL radiostansiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

"29 oktyabr oqshomida Parijning turli tumanlarida Luvrdagi o‘g‘rilikka aloqador deb gumon qilinayotgan besh kishi qo‘lga olingan. Shu tariqa, mazkur jinoyoiy ish yuzasidan hibsga olinganlar soni 7 nafarga yetdi", deyiladi RTL xabarida.

Fransiya Prokuraturasining ma’lum qilishicha, avvalroq hibsga olingan ikki gumonlanuvchi “o‘g‘rilik ishidagi aybini qisman tan olgan”. Tashqi kuzatuv kameralaridagi yozuvlarda to‘rtta talonchi aks etgan, biroq tergovchilar jinoyatni tashkil etishda bundan ko‘proq odam ishtirok etgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Luvrdan o‘g‘irlangan qimmatbaho taqinchoqlar esa haligacha topilmagan.

Kiritildi: 18:18 30.10.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!