Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Venesuelaga bostirib kirish uchun provokasiya tayyorlagan"

"AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Venesuelaga bostirib kirish uchun provokasiya tayyorlagan"

Venesuela razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26—30 oktyabr kunlari Trinidad va Tobago AQSh Qurolli kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi tomonidan muvofiqlashtirilgan, moliyalashtirilgan va nazorat qilingan harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazgan. Karakasning ma’lum qilishicha, ushbu mashg‘ulotlarda AQSh kemasiga hujum qilish bilan bog‘liq provokasiya rejalashtirilgan.

Venesuela hukumati bu mashg‘ulotlarni dushmanona provokasiya va Karib dengizidagi tinchlik uchun jiddiy tahdid sifatida baholagan.

"AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) o‘ziga xos razillik bilan reja tuzgan, ular o‘z kemalariga hujum uyushtirmoqchi bo‘lishgan. O‘ylab ko‘ringchi, ular bu hujumda kimni ayblamoqchi edi? Agar neytral suvlarda yoki chegarada AQSh kemasiga hujum bo‘lganida, kimni ayblashardi? Nega ular Venesuelani ayblamoqchi? Chunki ular shu yo‘l bilan mojaroni kuchaytirish va birodar xalqlar o‘rtasida to‘qnashuv keltirib chiqarishni istashgan", — dedi Venesuela prezidenti.

"Biz Trinidad va Tobago xalqiga tinchlik uchun murojaat qildik. Biz birodarmiz va tinchlik yo‘lida birlashishimiz kerak, amerikaliklar Karib dengizida urush boshlashiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim!", — deya qo‘shimcha qildi Nikolas Maduro.

Kiritildi: 17:57 30.10.2025. O'qildi: 912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!