«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri jarohati sabab kamida olti hafta maydondan tashqari qoladi.
29 oktyabr, chorshanba kuni klub 22 yoshli ispaniyalik futbolchining tibbiy ko‘rigi natijalarini e’lon qildi.
«Barsa» ma’lumotida aytilishicha, Pedrining chap sonidagi ikki boshli mushagida qismida uzilish aniqlangan. Avvalroq ommaviy axborot vositalari futbolchi taxminan uch haftada safga qaytishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Biroq AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Pedrining jarohati avval o‘ylanganidan ko‘ra og‘irroq bo‘lib chiqdi va u kamida olti hafta maydonga qaytolmaydi.