19 oktyabr kuni Luvr muzeyida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan taqinchoqlar o‘g‘irlangan o‘g‘irlikda ikki gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Fransuz matbuoti tergovdagi yangi o‘zgarishlar haqida xabar berdi. Parij prokuraturasiga ko‘ra, o‘tgan hafta hibsga olingan ikki shaxs "uyushgan o‘g‘irlik" va "jinoyat qilish niyatida jinoiy guruh tuzish"da ayblanmoqda.
Parij prokurori Lor Bekko RTL radiosi orqali mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida muzeyni o‘g‘irlashda gumon qilingan yana besh kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Hibsga olishlar Parij va Sen-Sen-Deni departamentida bo‘lib o‘tgan, biroq o‘g‘irlangan zargarlik buyumlari haligacha topilmagan.
Bekkoning aniqlik kiritishicha, uni Luvrdagi talonchilik bilan bog‘lovchi besh mahbusdan birida DNK namunalari topilgan va tergovchilar uni o‘g‘irlikni amalga oshirgan to‘rtta qaroqchidan biri deb hisoblashadi.