Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Si Jinpin bilan uchrashuvda savdo tariflari va Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi

Tramp Si Jinpin bilan uchrashuvda savdo tariflari va Ukraina urushi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Jinpin Janubiy Koreyaning Pusan shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishdi, bu Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi birinchi shaxsiy uchrashuvi bo‘ldi, deya xabar bermoqda BBC.

"Bu ajoyib uchrashuv bo‘ldi. U buyuk yetakchi. Men mazkur uchrashuvni 10 ballik shkalada 12 ball bilan baholagan bo‘lardim", —dedi Oq uy rahbari Air Force One samolyoti bortida jurnalistlarga.

"Rossiya va Ukraina urushga chuqur sho‘ng‘igan, qanchalik g‘alati eshitilmasin ba’zan ularga urushni davom ettirishga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Biz Si bilan Ukraina haqida uzoq suhbatlashdik. Bu urushga barham berish uchun birgalikda ishlash niyatidamiz", — dedi AQSh prezidenti.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Xitoyning barcha mahsulotlariga qo‘yilgan tariflarni darhol kamaytiradi, buning evaziga Pekin Qo‘shma Shtatlarga fentanil narkotik moddasini eksportini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘radi. Prezident yangi boj stavkasi qanday miqdorda bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.

Kiritildi: 12:38 30.10.2025. O'qildi: 732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!