Janubiy Koreya tariflarni pasaytirish evaziga Vashingtonga 350 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp 29 oktyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Janubiy Koreya Qo‘shma Shtatlar tomonidan joriy qilingan tariflarni pasaytirish evaziga AQShga 350 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘ldi”, — deb yozadi u.
Amerika yetakchisining qayd etishicha, Seul katta hajmdagi Amerika nefti va tabiiy gazini sotib olishga, shuningdek, Janubiy Koreya kompaniyalari va tadbirkorlarining AQSh iqtisodiyotiga 600 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishiga rozi bo‘lgan.
Tramp ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirishga urg‘u berib, Janubiy Koreyaning eskirgan dizel-elektr suv osti kemalari o‘rniga yadroviy suv osti kemalari qurilishini ma’qullaganini qo‘shimcha qildi.