Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Kongressi Trampning qarorini bloklamoqchi

AQSh Kongressi Trampning qarorini bloklamoqchi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Dina Taytes prezident Donald Trampning yadroviy sinovlar dasturini qayta tiklash tashabbusiga qarshi chiqish uchun qonunlar kiritish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u 29 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmoq platformasida yozdi.

"Mutlaqo yo‘q. Men buni to‘xtatish uchun qonun kiritaman", dedi u.

Dina Taytesning ta’kidlashicha, Tramp o‘z bayonotida qanday sinov turini, jumladan, yadroviy portlovchi qurilmalarni sinovdan o‘tkazishni nazarda tutgani noma’lumligicha qolmoqda.

Avvalroq Donald Tramp Urush departamentiga yadroviy qurol sinovlarini zudlik bilan boshlash haqida ko‘rsatma berganini ma’lum qilgandi.

Keyinroq, Xitoy prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida Trampdan AQShda yadroviy qurol sinovlari boshlanishi haqida savol berildi. Amerika yetakchisi yig‘ilganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirib, xonani tark etishlarini so‘radi.

Kiritildi: 10:30 30.10.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!