Xitoy markaziy televideniyesi 30 oktyabr kuni Pusandagi Kimxe aviabazasida AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetdi, deb xabar berdi.
"Xitoy va AQSh yetakchilarining taxminan 1 soat 40 daqiqa davom etgan uchrashuvi yakunlandi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan APEK sammiti oldidan bo‘lib o‘tdi. AQSh prezidenti Xitoy rahbarini qattiq muzokarachi deb atadi. Bunga javoban Xitoy rahbari qarama-qarshilik o‘rniga hamkorlikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Pekin birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali katta muvaffaqiyatlarga erisha oladi.
Pusandagi muzokaralar Xitoy va AQSh rahbarlarining Tramp ikkinchi prezidentlik muddatiga qayta saylanganidan keyin birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Ular oxirgi marta 2019 yilda Yaponiyaning Osaka shahrida G20 sammitida uchrashishgan. Ikki davlat rahbarlari 2025 yilda uch marta telefon orqali gaplashgan.