 
        28 oktyabr kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Aleman va Penya favelalarida polisiya tomonidan o‘tkazilgan ommaviy operasiya 64 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda CNN Brasil davlat xavfsizlik kuchlariga tayanib xabar berdi.
“Rio-de-Janeyro hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, bu shtat tarixidagi eng yirik operasiya”, — deyiladi hisobotda.
Halok bo‘lganlar orasida 60 nafar jinoyatchi va to‘rt nafar polisiyachi, jumladan, elita BOPE bo‘limining ikki nafar xodimi bor.
Comando Vermelho jinoiy guruhi a’zolarini hibsga olish bo‘yicha 100 ta orderni ijro etishni maqsad qilgan “Muhokama qilish” operasiyasida 2500 ga yaqin harbiy va fuqarolik polisiyasi xodimlari ishtirok etmoqda. Operasiya davomida 81 kishi hibsga olindi, 10 ta miltiq, to‘pponcha va 9 ta motosikl musodara qilindi.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi
                    
                    Muhojirlar orasida birinchi: Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan o‘zbeklar soni ma’lum bo‘ldi