Bugun 1 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil o‘z va’dasini buzgani uchun XAMAS garovga olingan yahudiylarning o‘ligini qaytarishdan bosh tortdi

Isroil o‘z va’dasini buzgani uchun XAMAS garovga olingan yahudiylarning o‘ligini qaytarishdan bosh tortdi

XAMAS Isroil tomonidan sulh qoidalarini buzgani uchun bugun topilgan isroillik garovga olinganlardan birining jasadini topshirishdan bosh tortmoqda.

Bu haqda harakatning Telegram-kanalida ma’lum qilingan.

XAMASning harbiy qanoti Al-Qassam batalyoni bugun G‘azo sektori janubidagi tunnellardan isroillik asirlardan birining jasadini topgani haqida xabar berdi.

"Bugunga rejalashtirilgan jasadni topshirish Isroil tomonidan qonunbuzarliklar tufayli keyinga suriladi. Biz Isroil tomonida vaziyatning har qanday keskinlashishi garovga olinganlarni qidirish va qutqarish ishlariga to‘sqinlik qilishini, ularning Isroilga qaytishini kechiktirishini ta’kidlaymiz", - deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:30 29.10.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!