Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp uni g‘azablantirgan reklama sababli Kanada mahsulotlariga qo‘shimcha 10 foiz boj qo‘llashini e’lon qildi

Tramp uni g‘azablantirgan reklama sababli Kanada mahsulotlariga qo‘shimcha 10 foiz boj qo‘llashini e’lon qildi

Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning 40-prezidenti Ronald Reyganning nutqidan parchalar keltirilgan videorolikni “soxtalashtirilgan” deb atadi.

"Ularning faktlarni jiddiy buzib ko‘rsatgani va dushmanona harakati tufayli men Kanada uchun hozir to‘lanayotgan bojlarga qo‘shimcha 10 foizlik tarif joriy qilaman", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Tramp aynan shu reklama tufayli Kanada bilan savdo muzokaralarini to‘xtatgan edi.

Shundan so‘ng reklama buyurtmachisi Kanadaning Ontario provinsiyasi hukumati reklama roligini efirdan olib tashlashini ma’lum qildi, biroq bu dushanbadan boshlab amalga oshiriladi. Bu esa reklama dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlarda mashhur beysbol o‘yini translasiyasi paytida efirga uzatilishini anglatadi.

Kiritildi: 17:46 26.10.2025. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!