Muzey talonchiligi bo‘yicha tergov kutilmagan burilish oldi: xavfsizlik xodimlari jinoyatchilarga yordam bergan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi The Telegraph.
Nashrning xabar berishicha, qo‘riqchilardan biri o‘g‘irlikdan oldin jinoiy guruhga xavfsizlik tizimi haqida maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgan.
19 oktyabr kuni o‘g‘rilar Napoleon III kolleksiyasidan jami €88 mln.ga teng buyumlarni, jumladan, marjon, broshka va diademani o‘g‘irlashdi.