O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Nurafshon shahrida “T. Y. S.” MCHJga qarashli binaning elektr uskunalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1 milliard 196 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.