Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Transport vositalarida ruxsatsiz reklama joylashtirishga qarshi reydlar boshlandi

Transport vositalarida ruxsatsiz reklama joylashtirishga qarshi reydlar boshlandi

Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, poytaxt hududida avtomobillarda reklama pasportisiz joylashtirilgan e’lonlarga qarshi keng qamrovli monitoring va reyd tadbirlari boshlangan.

Ushbu tadbirlar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi hamda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Reydlarning asosiy maqsadi — “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilmagan holatlarni aniqlash, passportisiz reklama joylashtirilgan avtomobillarni fosh etish hamda qonunbuzarliklarning oldini olishdan iborat.

Tekshiruvlar davomida bir qator transport vositalarida ruxsatsiz reklama o‘rnatilgani aniqlangan. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan va huquqiy tushuntirish ishlari olib borilgan. Shuningdek, ilova qilingan videolavhalarda ayrim haydovchilar “Yandex Go” kabi xizmatlarning reklama yorliqlarini o‘z mashinalaridan olib tashlagani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, avtotransport vositasiga reklama joylashtirish uchun reklama joyining pasporti bo‘lishi shart. Pasportni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali “Avtotransport” bo‘limida elektron tarzda olish mumkin.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
– reklama eskizi;
– avtomobil raqami;
– texnik pasport nusxasi.

Hujjatlar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im miqdori BHMning 90 foizi (taxminan 370,8 ming so‘m) etib belgilangan.

Kiritildi: 08:56 24.10.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!