Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Trampning ikkilanuvchan siyosati Yevropada jiddiy xavotir uyg‘otgan

Trampning ikkilanuvchan siyosati Yevropada jiddiy xavotir uyg‘otgan

Donald Trampning ikkilanuvchan siyosati Yevropada jiddiy xavotir uyg‘otgan, deb yozmoqda Fransiyaning Le Monde gazetasi.

Evropa yetakchilari uni xafa qilmaslikka harakat qilyapti, lekin 23 oktyabrda Bryusselda va 24 oktyabrda Londonda bo‘ladigan uchrashuvlarda Ukrainaga qo‘llab-quvvatlashni birlashgan holda bildirishni rejalashtirmoqda.

Tramp so‘nggi muloqotlarida Putinning so‘zlarini takrorlayotgani va Zelenskiy bilan bo‘lgan muzokaralar ijobiy umidni so‘ndirgani aytilmoqda. Yevropa diplomatlari bu holatni “nol nuqtaga qaytish” deb baholagan.

Tramp va Putinning ehtimoliy Budapesht uchrashuvi ham Yevropada “xurmatsizlik” sifatida qabul qilingan — sababi Vengriya bosh vaziri Orban ham ularga yaqinlashib ketmoqda.

Evropa Trampdan ancha bezovta u Putin bilan suhbat qilsa, Kiyevga munosabati o‘zgaryapti. Shu sabab 23 oktyabrdagi yig‘ilish Yevropa Ukraina bilan birdamligini yana bir bor namoyish qilmoqchi.

Kiritildi: 22:25 23.10.2025. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!