"Biz hech qachon Rossiya hududiga zarba berish uchun AQShning uzoq masofali raketalarini ishlatmaganmiz", dedi Ukraina prezidenti
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘zining uzoq masofali qurollari bilan Rossiya hududidagi 150 dan 3000 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga zarba bera oladi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina yaqinda Tomahawk raketalarini olishi mumkinligini ham istisno etmadi.
"Har kuni qandaydir yangilik bo‘lyapti. Bilmayman, balki ertagayoq bizda Tomahawk'lar bo‘lishi mumkin", — dedi Ukraina yetakchisi.
Shuningdek, Zelenskiy Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuv Ukrainaning ishtirokisiz bo‘lmasligini aytdi.
"Rossiyaning energetika sohasiga qarshi sanksiyalar joriy etildi. Vengriyada Ukrainasiz uchrashuv bo‘lmaydi. Hozircha Tomahawk'lar ham yo‘q. Natija shunday. Menimcha, bu yomon emas", — dedi Ukraina prezidenti Yevroittifoq yetakchilari sammitida.