Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil parlamenti G‘arbiy sohilni annekciya qilishga doir qonunni ma’qulladi — BBC

Isroil parlamenti G‘arbiy sohilni annekciya qilishga doir qonunni ma’qulladi — BBC

Isroil parlamenti (Knesset) bosib olingan Falastinning G‘arbiy sohil hududiga Isroil qonunlarini tatbiq etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini dastlabki ovoz berishda ma’qulladi, bu harakat annekciya bilan teng deb baholanmoqda, deya xabar bermoqda nashr.

Qonun loyihasi hukumat koalisiyasi tarkibiga kirmagan deputatlar tomonidan ilgari surildi va dastlabki bosqichda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu boshchiligidagi “Likud” partiyasi ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi.

Netanyahu koalisiyasidagi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir rahbarlik qilayotgan “Yahudiy kuchi” partiyasi va Moliya vaziri Besalel Smotrich boshchilik qilayotgan “Diniy sionizm” fraksiyasidan bo‘lgan deputatlar ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

Netanyahu ilgari G‘arbiy sohil hududlarini anneksiya qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan, biroq bu tashabbusni ilgari surmagan. Chunki u Isroilning eng muhim ittifoqchisi bo‘lgan AQSh bilan, shuningdek, uzoq yillar dushmanlikdan so‘ng Isroil bilan aloqalarni yaxshilay boshlagan arab davlatlari bilan munosabatlarni buzishdan qo‘rqqan.

Kiritildi: 18:18 23.10.2025. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!