Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining aholi yashamaydigan hududiga qulagan. Talafotlar va vayronaliklar qayd etilmagan", deyiladi vazirlik bayonotida.
Rus ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu Ukraina droni bo‘lib, u Rossiyaning Volgograd viloyatidagi “Aksay–KTK” neft quvuriga hujum qilishi rejalashtirilgan. Ushbu neft quvuri Qozog‘istonning “KPO Karashagan” kompaniyasiga aloqador hisoblanadi.
Dron parchalari orasida ukrain tilidagi yozuv bo‘lgan qism topilgan. Ukraina rasmiylari hozircha mazkur hodisaga munosabat bildirgani yo‘q.