Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQShning “Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiyalari haqidagi xabarlar fonida neft narxlari keskin ko‘tarildi — Bloomberg

AQShning “Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiyalari haqidagi xabarlar fonida neft narxlari keskin ko‘tarildi — Bloomberg

Jahon bozorida Brent markali neft narxi 5 foizga oshdi. Agentlikning xabar berishicha, bozor Rossiya neftini yetkazib berishdagi uzilishlar xavfiga munosabat bildirmoqda.

"Neft narxi dushanba kuni qayd etilgan besh oylik eng past ko‘rsatkichdan oshib ketdi", deya ta’kidlanadi agentlik xabarida.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Jo Bayden o‘z prezidentligining so‘nggi kunlarida ham shunday qaror qabul qilish masalasini qo‘yishni ko‘rib chiqqan, biroq jahon bozorining beqarorlashuvidan xavotirlanib, bundan voz kechgan.

Hozirgi paytda, Tramp benzin narxlarini past darajada ushlab turishga intilayotgan bir vaqtda, sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror “xavfli ko‘rinmoqda”.

Xalqaro munosabatlar kengashi eksperti Tomas Gremning fikricha, bu choralar Kreml siyosatida o‘zgarishlarga olib kelishi ehtimoldan yiroq.

"Agar Oq uy bu Putin o‘z xatti-harakatlarini tubdan o‘zgartiradi deb o‘ylasa, ular o‘zlarini aldashadi. Sanksiyalar sekin ta’sir ko‘rsatadi, Kreml esa ularni chetlab o‘tishni yaxshi biladi", – dedi Grem.

Kiritildi: 16:20 23.10.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!