Bugun 25 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Xalqaro sud Isroilni G‘azoga gumanitar yordam kiritishni ta’minlashga majbur qildi

Xalqaro sud Isroilni G‘azoga gumanitar yordam kiritishni ta’minlashga majbur qildi

BMTning Oliy sudi (ICJ) qaroriga ko‘ra, Isroil okkupasiya qiluvchi davlat sifatida G‘azo sektoriga gumanitar yordam kirishini ta’minlashi shart. Bu qaror Isroil joriy etgan blokadaga nisbatan tanqid sifatida baholanmoqda.

Sud, shuningdek, BMTning Falastin qochqinlariga yordam agentligi — BAPOR (UNRWA) neytrallik va xolislik tamoyillarini buzmaganini tasdiqladi, Isroilning ayblovlarini rad etdi.

Qaror maslahat xarakteriga ega bo‘lsa-da, u siyosiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi va Isroilga BMT hamda G‘azo va G‘arbiy sohilda faoliyat yuritayotgan gumanitar tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha bosimni kuchaytiradi.

Kiritildi: 16:04 23.10.2025. O'qildi: 556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!