“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “A. G.O.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (15,8 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.
1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.