Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-186-son, 21.10.2025 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko‘ra, tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹“aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilish” tamoyilini hayotga to‘liq joriy etish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarini aholi va tadbirkorlarga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy tuzilmaga transformasiya qilish;

🔹mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etishda tuman (shahar) hokimliklarining ma’muriy vakolatlarini yanada kengaytirish;

🔹 tuman (shahar) hokimlarining hududiy rivojlanishga oid ustuvor vazifalari va mas’uliyat doirasini aniq belgilash.

✅ 2026 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hamda Surxondaryo viloyatining qolgan barcha tuman (shahar) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining belgilangan tuman (shahar) bo‘linmalari tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga o‘tkaziladi.

✔️ Tajriba-sinov davrida:

▪️ tuman (shahar) hokimlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linmalari faoliyati ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etadi

📝 Tajriba-sinov davrida hokim o‘rinbosarlarining cheklangan soni Surxondaryo viloyati hokimligida 6 nafar, tuman (shahar) hokimliklarida 4 nafar etib belgilanadi.

Kiritildi: 17:12 22.10.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!