2025 yilda mamlakat tarixida ilk bor tashqi turizmda rekord qayd etildi — apreldan boshlab har oy 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurmoqda.
Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 8,6 million sayyoh kelgan — bu o‘tgan yilga nisbatan 112,5% ko‘p.
Eng katta o‘sish quyidagi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keldi:
🇬🇧 Buyuk Britaniya — 2,6 barobar;
🇶🇦 Qatar — 6,2 barobar;
🇺🇸 AQSh — 3 barobar;
🇫🇷 Fransiya — 2,9 barobar;
🇷🇺 Rossiya — 2,1 barobar;
🇩🇪 Germaniya — 2,5 barobar;
🇵🇱 Polsha — 6,2 barobar.
Turistik xizmatlar eksporti ham rekord ko‘rsatkichga — 3,6 milliard dollarga yetdi.