Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda iste’molga yaroqsiz 75 mingta spirtli ichimlik yo‘q qilindi

Andijonda iste’molga yaroqsiz 75 mingta spirtli ichimlik yo‘q qilindi

Andijonda iste’molga yaroqsiz bo‘lgan 1,6 mlrd. so‘mlik 65 xil turda bo‘lgan, turli hajmdagi 74 577 dona alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi.

Bu haqda MIB ma’lum qildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi bir nechta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar qonunga xilof ravishda sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishib, naqd pulga realizasiya qilib, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.

Shu sababli, jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining ijro varaqasiga asosan javobgar A.A. va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan 65 xil turdagi, turli hajmda bo‘lgan 74 577 dona alkogol mahsulotlari yo‘q qilinishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, tegishli idora vakillari ishtirokida jami miqdori 1,6 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi 74 577 dona alkogol mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Kiritildi: 14:34 22.10.2025. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!