1913 yilda tashkil etilgan Xalqaro tennis federasiyasi (International Tennis Federation, ITF) kutilmagan qarorga keldi.
Tashkilot 2026 yilda o‘z nomini World Tennis deb o‘zgartirishini e’lon qildi.
"ITF direktorlar kengashi va ijroiya qo‘mitasi tomonidan tavsiya etilgan nom o‘zgarishi tashkilotning global boshqaruv organi sifatidagi rolini yaxshiroq aks ettirish uchun mo‘ljallangan. World Tennis nomi foydasiga tanlov uzoq davom etgan tadqiqotlar va manfaatdor tomonlar bilan muhokamalardan so‘ng amalga oshirildi. Ular tashkilotning roli ko‘lamini va uning tennis ekotizimi uchun ahamiyatini eng samarali aks ettiruvchi nom zarurligini tasdiqladilar", - deyiladi ITF matbuot xizmati xabarida.
Nomni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror milliy tennis assosiasiyalarining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullandi. ITF 1913 yil 1 martda tashkil etilgan. Dastlab u ILTF deb nomlangan, ammo 1977 yilda uni hozirgi nomiga o‘zgartirgan.