Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Tramp bilan suhbat chog‘ida yana Ukrainadan Donbassni topshirishini talab qildi — The Washington Post

Putin Tramp bilan suhbat chog‘ida yana Ukrainadan Donbassni topshirishini talab qildi — The Washington Post

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu haftada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda Kiyevdan Donesk viloyati ustidan nazoratni Moskvaga to‘liq topshirishni urushni to‘xtatish sharti sifatida talab qilgan, deya xabar beradi nashr suhbat tafsilotlaridan xabardor ikki yuqori martabali rasmiyga tayanib.

"Mazkur muloqot davomida Putin Rossiya Zaporoje va Xerson viloyatlarining hali bosib olinmagan qismlariga da’vosidan voz kechishga tayyorligini ham bildirgan. Bu Putin tomonidan Alyaskadagi sammitda aytilgan bayonotlarga nisbatan ma’lum bir siljish sifatida baholangan. Oq uyning ayrim vakillari bu so‘zlarni ijobiy signal sifatida qabul qilgan", deya yozmoqda The Washington Post.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff juma kuni Oq uyda o‘tkazilgan uchrashuvda Ukraina delegasiyasiga Donesk viloyatini Rossiyaga berish masalasida bosim o‘tkazgan, u bu hudud asosan rus tilida so‘zlashuvchi aholi yashashini eslatib o‘tgan.

Shu bilan birga, Donald Trampning o‘zi Putinning talablarini ochiqchasiga izohlamagan. Zelenskiy bilan uchrashuv yakunida u shunchaki "Tomonlar hozir turgan joylarida to‘xtashlari kerak", — deb aytgan.

Kiritildi: 16:41 19.10.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!