Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.K. fuqaro K.SH.ga 4 000 AQSh dollarini 49,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Parkent tumanida fuqaro F.I. (muqaddam sudlangan) 3 500 AQSh dollarini 42,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yana bir holat, Uychi tumanida fuqaro M.S. 4 200 AQSh dollarini 51 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.