Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Madagaskardagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng polkovnik Maykl Randrianirina mamlakatning yangi prezidenti deb e’lon qilindi

Madagaskardagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng polkovnik Maykl Randrianirina mamlakatning yangi prezidenti deb e’lon qilindi

17 oktyabr kuni mamlakat konstitusiyaviy sudi Randrianirinani “respublika tiklanishi uchun o‘tish davri prezidenti” sifatida qasamyodga keltirdi.

Randrianirina 18-24 oy ichida saylovlarni o‘tkazishga va’da berdi. Uning ta’kidlashicha, fuqarolik boshqaruviga qaytishdan oldin mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilishi kerak.

14 oktyabr kuni 51 yoshli polkovnik Maykl Randrianirina boshchiligidagi Capsat maxsus bo‘linmasi Madagaskarda hokimiyatni egallab olganini e’lon qilgan edi.

Madagaskarning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Andri Radzuelina ommaviy namoyishlar ortidan mamlakatni tark etgan va parlament tomonidan hokimiyatdan chetlashtirilgandi.

Kiritildi: 16:51 18.10.2025. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!