Turkiya 2025 yil oxirigacha Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilmoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Ülke TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U Istanbulda Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi muhim muzokaralarning uch raundi bo‘lib o‘tganini eslatdi. "Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish uchun zarur hissa qo‘shishga tayyor va umid qilamanki, yil oxirigacha bu yo‘nalishda ijobiy qadamlar qo‘yiladi", deb ta’kidladi Turkiya tashqi ishlar vaziri.