Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘lari”ni tashkil etish taklif qilindi

Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘lari”ni tashkil etish taklif qilindi

“Hayot bir haqiqatni doimo ta’kidlab keladi: tarixni puxta bilmasdan turib, kelajakni barpo etib bo‘lmaydi. Shu bois, har bir tashkilot va muassasa tarixini o‘rganish, ularda mehnat qilgan insonlarni yodga olish, ezgu ishlarini kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning burchimiz”, — dedi Prezident.

Shu maqsadda olimlar, soha faxriylari va faollari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yurtimizda kasaba uyushmalari harakatiga 1905 yilda asos solinganini isbotladi. Shu bois, bu yil butun mamlakatimiz bo‘ylab, kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda.

Bundan to‘rt yil oldin Toshkent shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tarixi muzeyi sohaga oid ma’lumot va eksponatlar bilan xalqimizni tanishtirishda muhim rol o‘ynamoqda.

Mana shu qutlug‘ sana munosabati bilan Prezidentimiz mehnatkash xalqimizga chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘lari”ni tashkil etishni taklif qildi.

Viloyat hokimlariga kasaba uyushmalari bilan maslahatlashib, bog‘lar uchun joy ajratish topshirildi.

“Korxona va tashkilotlardagi kasaba uyushmalari ham ishxonasida, xodimlari yashaydigan mahallalarda daraxt ektirib, yashil hududlarni kengaytirsa, tozalik va obodonchilik ishlarini tashkil qilsa, o‘ylaymanki, mehnat jamoalaridagi muhit mutlaqo boshqacha bo‘ladi”, — dedi Prezident.

Kiritildi: 14:07 17.10.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!