Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

2026 yildan yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarning savdosi cheklanadi

2026 yildan yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarning savdosi cheklanadi

O‘zbekistonda joriy etilayotgan raqamli markirovkalash tizimi yuqori likvidli mahsulotlar muomalasining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi. 2026 yil 1 martdan boshlab raqamli markirovkalash yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlar realizasiyasini cheklaydi.

Majburiy raqamli markirovkaga tegishli mahsulotlar:

🔵alkogol va tamaki mahsulotlari;
🔵pivo mahsulotlari;
🔵maishiy texnikalar;
🔵dori vositalari va tibbiy buyumlar;
🔵suv va salqin ichimliklar.

Ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar mahsulot haqidagi ma’lumotlarni “Asl belgisi” AISga kiritib, Data Matrix kodi orqali raqamli markirovka qo‘llaydi.

Savdo vaqtida 2D skaner orqali kod tekshiriladi. Agar yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, chek shakllanmaydi va realizasiya avtomatik to‘xtatiladi. Bunday tovarlar tizimda yaroqsiz deb belgilanadi va belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

Kiritildi: 17:41 16.10.2025. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!