Isroil bosh vaziri 2023 yil 7 oktyabr qurbonlarini xotirlash marosimida HAMASga qarshi kurash hali ham tugamaganini ma’lum qildi.
“Biz o‘g‘irlangan barcha kishilarni qaytarishga majburmiz. Jangda jonini fido qilgan o‘g‘lonlar Isroil davlatining poydevorlaridir. Ular urushning barcha maqsadlariga erishish uchun kurashdilar va biz bunga erishamiz ham. Kurash tugamadi. Bugun faqat bir narsa aniq – bizga qo‘l ko‘targan har qanday kishi juda og‘ir jazo olishini allaqachon biladi. Biz uzoq yillar davomida hayotimizni belgilab beradigan to‘liq g‘alabaga erishishga qat’iy azm qilganmiz”, – deydi Isroil yetakchisi.