Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buloqboshi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “M.O.” “Qumguzar” MFY hududidagi hammomida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 169,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Andijon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.H.” oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari mehmonxona binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 166,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.