Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofoti bilan taqdirlandi

Saida Mirziyoyeva Oksford universiteti mukofoti bilan taqdirlandi

Ushbu nufuzli mukofot ayollarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tashabbuslarni himoya qilish hamda faol va namunali yetakchilik orqali ayollarni ruhlantirish, ularning huquq va manfaattlarini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun taqdim etildi.

14 oktyabr kuni Prezident administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oksford universitetida O‘zbek tadqiqotlari dasturining rasmiy ochilishida ishtirok etdi.

Oksford — Buyuk Britaniyada «Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari» fakultetining o‘quv dasturiga o‘zbek tili va qadimgi o‘zbek (chig‘atoy) tilini kiritgan birinchi va yagona universitet bo‘ldi.

Dasturning ochilishida so‘zga chiqqan Saida Mirziyoyeva shunday dedi: «Ko‘p o‘n yillar davomida O‘zbekiston yopiq edi. Bugun u har qachongidan ham ochiq, ilm-fan, texnologiyalar, taraqqiyot va eng muhimi, muloqot uchun ochiq. Va bu muloqotni boshlash uchun Oksforddan ko‘ra yaxshiroq joy bo‘lishi mumkinmi, axir bu yerda dunyo g‘oyalari, madaniyatlar va tillar tutashadi, ta’lim alohida shaxslarni, butun millatlarni shakllantiradi».

Kiritildi: 15:50 16.10.2025. O'qildi: 713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!