Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qumqo‘rg‘on hokimi aholiga tezak yoqishni maslahat berdi

Qumqo‘rg‘on hokimi aholiga tezak yoqishni maslahat berdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov gaz yo‘qligini aytib, aholiga tezak yoqishni maslahat berdi. Bu aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

«Hech kim tezak qilmay qo‘ydi, tezak chalmalarni yig‘ib, bosib, qishda ikkita tashlab qo‘ysa bo‘ladi-ku. Hamma gaz-gaz deb qoldi. Gazning tagi bo‘lsa qani, yo‘q-da shu gaz!» — deydi Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov deputatlar bilan yig‘ilishda.

Kiritildi: 15:40 16.10.2025. O'qildi: 3859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!