Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Haydovchilarni tayyorlashda yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi

Haydovchilarni tayyorlashda yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi

"Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 31 maydagi 408-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Hukumat qarori (642-son, 15.10.2025 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, o‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar o‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtota’lim. uz” moduli orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga “e-avtota’lim. uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.

Kiritildi: 13:25 16.10.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!