Madagaskarda hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar polkovnik Maykl Randrianirina boshchiligida kollegial boshqaruv organi tuzilganini e’lon qildi.
Bu haqida OAV xabar berdi.
Randrianirina, shuningdek, mamlakat konstitusiyasi bekor qilinganini va Davlat islohotlari oliy sudi tashkil etilganini e’lon qildi. Ushbu sud ikki yil davomida davlatning konstitusiyaviy asoslarini qayta ko‘rib chiqadi, referendum va umumxalq saylovlarini tashkil etadi.