“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘uzor tumanidagi “O. D.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 477 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.