Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: "XAMAS hazillashmayotganimni biladi"

Tramp: "XAMAS hazillashmayotganimni biladi"

AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Falastinning XAMAS harakati ixtiyoriy ravishda qurollarini tashlashdan bosh tortsa, kuch bilan qurolsizlantirilishini aytdi.

Tramp bu haqda Oq uyda argentinalik hamkasbi Xavyer Miley bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

"Ular qurolsizlanamiz, deyishdi. Agar yo‘q bo‘lsa, biz ularni qurolsizlantiramiz. Qanday qilib tushuntirishim shart emas, lekin ular hazillashmayotganimni bilishadi", - deya tahdid qildi Amerika rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp G‘azo tinchlik kelishuvining ikkinchi bosqichi boshlanganini, uning shartlaridan biri XAMASni qurolsizlantirishni e’lon qilgan edi. Al Arabiya televideniyesining XAMAS vakillariga tayanib xabar berishicha, ular bu masalani "murakkab va chalkash" deb bilishadi.

Kiritildi: 09:15 15.10.2025. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!